"Arsenal" nishonidagi futbolchi porlashda davom etadi

"Arsenal"ning yozdagi nishoni porlashda davom etmoqda. "Manchester Siti" hujumchisi Jezus "Real"ga qarshi bahsda asosiy tarkibda maydonga tushdi va golga mualliflik qildi. Bu haqida Gvardiola shunday deydi:
"To'rtta gol urganidan keyin uni zaxirada qoldirish qiyin ish edi. Bunda uning to'rtta goli ahamiyatsiz. U o'ta ishonchli futbolchi. Hujumda emas, balki maydonning qolgan qismlarida ham uning o'rni bor".
"Arsenal" braziliyalik futbolchini Obameyang o'rniga munosib nomzod deb hisoblaydi.
Manba: caughtoffside.com