"Arsenal" yozda yarim himoyachi sotib oladi. Xabarlarga ko'ra, to'pchilar "Latsio" futbolchisi Sergey Milinkovich-Savichga qiziqish bildirmoqda. Serbiya terma jamoasi a'zosi Rim klubida 2024 yilga qadar mo'ljallangan shartnomaga ega.

Shu sababdan u yozda sotilishi mumkin. 28 yoshli yarim himoyachi ayni damda 40 million evroga baholanmoqda. Bu mavsumda Milinkovich-Savich hisobida 7 ta gol va 8 ta assist mavjud.

Manba: caughtoffside.com