Nikolya Pepe Ispaniyaning "Vilyarreal" klubi bilan 2026 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzoladi. Bu haqda Ispaniya klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Futbolchi darhol tarkibga qo'shiladi va ertaga, dushanba kuni u jamoaning qolgan a'zolari bilan mashg'ulot o'tkazadi.

Nikolya Pepe "Vilyarreal"ga Turkiyaning "Trabzonspor" klubidan erkin agent sifatida keldi.

Pepe faoliyatida davomida "Arsenal", "Nitstsa" kabi jamoalarda o'ynagan.