"Arsenal" ayni damda "Latsio" yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich uchun kurashda peshqadamlik qilmoqda.

Il Corriere dello Sport nashri xabariga ko'ra, futbolchining o'zi ham transferga qiziqish bildirmoqda, chunki "kanonirlar" uning transferi uchun anchagina ishlarni amalga oshirib bo'lishgan.

Milinkovich-Savichning "Latsio" bilan shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan, shuning uchun rimliklar yozda futbolchini chegirma bilan qo'yib yuborishlari mumkin. Avvalroq yarim himoyachi bilan Turinning "Yuventus" klubi ham qiziqayotgan edi.

Joriy mavsumda Milinkovich-Savich Italiya chempionatida 4 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Fevral oyi oxirida Serbiya terma jamoasi futbolchisi 28 yoshga to'ladi.