"Arsenal" ikki futbolchisiga yangi bitim taklif etadi

"Arsenal" ikki futbolchisiga yangi bitim taklif etishi kutilmoqda. Xabarlarga ko'ra, jamoa himoyachisi Vilyam Saliba va hujumchi Reyss Nelson bilan rahbariyat yangi shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda.
Salibaga 4 yillik bitim taklif etilishi kutilmoqda. Garchand Nelson kecha erkin agentga aylangan bo'lsa ham, uni ham jamoada olib qolish choralari ko'rilmoqda. Hujumchiga "Kristal Pelas" qiziqish bilan qaramoqda.
Manba: bbc.com