"Arsenal" ikki futbolchi uchun kelishuvga yaqin turibdi. Fabritsio Romanoning bergan xabariga ko'ra, "Vest Xem" va "Arsenal" Deklan Raysning to'lov masalasida deyarli bir qarorga kelgan.

Yakuniy kelishuv tez orada e'lon qilinadi. To'pchilar, shuningdek, Yurrien Timberning ham transferini ma'lum qilishi kutilmoqda.

Manba: stadion.uz