"Arsenal" ijrochi direktori klubdan ketmoqda

"Arsenal" boshqaruvida o'zgarish bo'ladi. Xabarlarga ko'ra, London klubi ijrochi direktori Vinay Venkatesham joriy mavsum yakunida klub bilan xayrlashadi.
Buni "Arsenal" egasi Josh Kronke ham tasdiqladi. Venkatesham "Arsenal"dagi ishidan tashqari UEFA klub musobaqalari komissiyasiga ham raislik qiladi. Shu sabab u yangi sarguzashtlar istashi aytilgan.
Manba: caughtoffside.com