"Arsenal" hujumchisi Londonda qoladi. Xabarlarga ko'ra, Folarin Balogunga "Chelsi" qiziqish bildira boshlagan. 22 yoshli hujumchi yangi mavsumdan boshlab ijarada yurmasligini bildirgan edi.

U o'tgan mavsumda "Reyms" bilan Frantsiyaning eng yaxshi to'purarlaridan biriga aylangandi. Hujumchi 21 ta gol bilan mavsumni tugatgan. "Arsenal" Balogunni 50 million evroga baholamoqda.

Manba: caughtoffside.com