«Arsenal» hujumchilardan birini sotishga tayyor

Hujumchi Eddi Nketiya 2024 yilning yanvar oyida «Arsenal»ni tark etishi mumkin. Bu "Football Transfers" xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, «kanonirlar» Eddi bo'yicha tushadigan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Avvalroq Nketiya A seriya («Milan» va «Roma») klubiga o'tishi mumkinligi haqida xabar tarqalgandi.
Nketiya joriy mavsumda APL doirasida 14 ta o'yinda ishtirok etdi va 5 ta golga uzatma berdi.