"Arsenal" himoyachisiga APL klubidan taklif kelib tushdi

"Nottingem Forest" o'z qo'shnisidan futbolchi xarid qiladi. Xabarlarga ko'ra, to'pchilar himoyachisi Nunu Tavaresh uchun "Nottingem" doimiy shartnoma taklif etgan. Portugaliya terma jamoasi a'zosi 2021 yilda sotib olingandi.
U hozirga qadar 28 ta bahsda maydonga tushgan. O'tgan mavsumni Tavaresh "Marsel"da ijara asosida o'tkazgandi. 23 yoshli futbolchi ayni damda 20 million evroga baholanmoqda.
Manba: caughtoffside.com