«Arsenal» klubi "Real" a'zosi Mateo Kovachichni xarid qilmoqchi.   Ayni damda xorvatiyalik futbolchi "Chelsi"da ijara asosida o'ynamoqda. Ammo London klubi Kovachichni mavsum yakunlangach sotib ololmaydi, chunki moliyaviy feyr-pley bilan bog'liq muammolar sababli jamoaga taqiq qo'yilgan. Kovachich esa "Real"ga qaytishni istamayapti.