"Arsenal" futbolchisini hech kim pul sarflab sotib olmoqchi emas

"Arsenal" o'z futbolchisini jamoadan ketishi borasida ishlamoqda. Xabarlarga ko'ra, jamoa himoyachisi Ektor Belerin London klubi bilan bitimini tugatmoqchi.
U 2023 yilda erkin agentga aylanadi. Ammo futbolchiga qiziqish bildirgan "Barselona" hamda "Real Betis" Belerinni sotib olishni istamayapti.
Shu sabab himoyachi avval "Arsenal" bilan shartnomani ikki tomonlama tugatib, keyin Ispaniyaga yo'l olmoqchi. Ma'lumot uchun Belerin 2013 yildan beri "Arsenal" sharafini himoya qilib kelmoqda.
Manba: caughtoffside.com