Insayder jurnalist Fabritsio Romano xabar berishicha, klublar allaqachon Matteo Genduzini transfer qilishga kelishib olishgan. 22 yoshli frantsuz "Marsel" tomonidan sotib olish optsiyasi bilan ijaraga olinadi.

 

"Arsenal" Genduzi bilan 2018-yilning yozida o'z safiga qo'shib olgandi. Frantsiyalik futbolchi o'tgan mavsumni "Gerta Berlin"da ijarada o'tkazdi. Matteo Bundesligada 24 uchrashuv o'tkazdi, 2 gol urdi va 3 golga uzatma berdi.