“Arsenal” eng shimardi: yanvarda Keylor Navas xarid qilinadi

Londonning “Arsenal” klubi “Real” posboni Keylor Navasni sotib olishga jiddiy kirishdi.
Ingliz nashrlarining yozishicha, “kanonirlar” Navas uchun 12 mln evro taklif qilishgan. O'z navbatida “Real” jamoadan ketishni istayotgan kosta-rikalik posbonni sotishga qarshi emas. “Arsenal” mazkur transferni yanvardayoq amalga oshirmoqchi. Klub rahbariyati bu xarid amalga oshishiga ishonmoqda.