«Arsenal»da yangi futbolchilar nomi rasman e'lon qilinadi

«Arsenal» klubi yaqin fursatlar ichida ikkita yangi futbolchini tarkibga olib kelinganini e'lon qilishga yaqin turibdi. Xabarlarga ko'ra, «Real» futbolchisi Martin Edegor klub bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolaydi.
U hozirda Londonda rasmiy tibbiy ko'rikdan o'tib ulgurgan. Transfer qiymati bonuslar bilan birga 34 million funtni tashkil etgan. Yana bir futbolchi Angliya terma jamoasi a'zosi, darvozabon Ramsdeyldir.
U ham Londonda tibbiy ko'rikdan o'tmoqda. Transfer qiymati bonuslar bilan birga 30 million funtni tashkil etgan. Edegor 2026 yilga qadar, Ramsdeyl esa 2025 yilgacha mo'ljallangan bitimga imzo chekishadi.
Manba: futaa.com