«Arsenal» Chexga o'rinbosar topdi

Drezdenning "Dinamo" klubi darvozaboni Markus Shubert faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
"The Independent" nashrining xabariga ko'ra, 21 yoshli germaniyalik darvozabon tez orada Londonning "Arsenal" klubi bilan shartnoma imzolaydi. U "kanonirlar" safiga erkin agent sifatida boradi.
Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsum Bundesliga 2da Shubert 31ta o'yinda maydonga tushib,43ta gol o'tkazib yuborgan.