"Arsenal" "Leyptsig" hujumchisi Benjamin Sheshko uchun taklif tayyorlamoqda. Klub transferni Evro-2024 boshlangunga qadar yakunlamoqchi.

Sky nashrining xabar berishicha, yakuniy qaror hali qabul qilinmagan. Qayd etilishicha, 21 yoshli Sheshkoga Angliya premer-ligasining boshqa top-klublari – “Manchester Yunayted” va “Chelsi” ham qiziqish bildirmoqda.

Iyun oyi oxirigacha Sheshkoni "Leyptsig"dan 65 million evroga sotib olish mumkin bo'ladi. Shu bilan birga, nemis klubi rahbarlari futbolchini o'zida saqlab qolmoqchi.