"Arsenal" yozda Ispaniyadan futbolchi xarid qilishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, "Barselona" tarbiyalanuvchisi Alesh Garrido to'pchilar radariga tushgan. 19 yoshli yarim himoyachi Mikel Arteta tomonidan qadrlanadi.

Garrido o'tgan mavsumda yoshlar o'rtasidagi UEFA ligasida 6 ta assist qayd etgan. U "Barselona"ning 19 yoshgacha bo'lgan jamoasi a'zosi sanaladi.

Manba: caughtoffside.com