"Arsenal" "Barselona"dan futbolchi sotib olmoqchi bo'lgan

"Arsenal" yozning so'nggi kunida kutilmagan transferga qo'l urmoqchi bo'lgan. Xabarlarga ko'ra, shimoliy londonliklar "Barselona"ga hujumchi Ferran Torres uchun 30 million evro taklif etishni reja qilgan.
Ammo bu amalga oshmagan. 22 yoshli ispaniyalik futbolchiga "Valensiya" ham qiziqish bildirgan. Torres yanvar oyida "Barselona"ga yo'l olgan edi.
Manba: caughtoffside.com