"Arsenal" 24 million funtga darvozabon sotib oladi

"Sheffild Yunayted" darvozaboni Aaron Ramsdeyl jamoasini o'zgartirmoqchi.
Goal.com nashri xabariga ko'ra, 23 yoshli darvozabon "Arsenal" futbolchisiga aylanadi. "Kanonirlar" yaqin vaqt ichida futbolchining transferini tashkil qiladi va u uchun taxminan 24 million funt sterling to'laydi.
O'tgan mavsumda Ramsdeyl 38 ta o'yinda maydonga tushib, 63 ta gol o'tkazib yubordi va 5
marta o'z darvozasini daxlsizligini saqlab qoldi.