"Arsenal" 10 million funtga himoyachisidan kechishga tayyor

"Arsenal" futbolchisi Ektor Belerin keyingi mavsumda APLga qaytmaydi. Xabarlarga ko'ra, 27 yoshli himoyachi "Betis" bilan doimiy bitim tuzish arafasida turibdi.
"Arsenal" ham uni qo'yib yuborishga qarshi emas. Belerin 5-10 million funt atrofida baholanishi aytilgan. U yaqinda jamoasi bilan Ispaniya kubogini qo'lga kiritgan edi.
Manba: bbc.com