Xitoyning "Shanxay" klubi hujumchisi Marko Arnautovich "Bolonya"ga o'tishga yaqin turibdi, deydi jurnalist Nikolo Shikira.

Manbaning xabariga ko'ra, 32 yoshli Avstriya terma jamoasi futbolchisi Italiya klubi bilan 3 yillik shartnoma borasida kelishib olgan. Maosh bir mavsum uchun 2,7 million evroni tashkil qiladi.

Eslatib o'tamiz, Marko avval Italiyaning "Inter" klubida o'ynagan.