“Yuventus” klubi yarim himoyachisi  Blez Matyuidi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

Frantsiyalik futbolchining xizmatlariga “Arsenal” va “Manchester Yunayted” klublari qiziqish bildirmoqda. APL klublari futbolchini yozgi transfer vaqtida xarid qilishga urinib ko'radi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq, futbolchi turinliklar bilan 2021 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolagan edi.