"Chelsi" yarim himoyachisi Meyson Maunt APLning boshqa klubiga o'tishi mumkin.

ESPN nashri xabariga ko'ra, tomonlarning yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarida muammolar yuzaga kelgan va so'nggi oylarda sezilarli muvaffaqiyatga erishilmagan. To'siqlardan biri - angliyalik futbolchining uzoq muddatli shartnoma tuzishni istamasligi. Shuningdek, u ish haqini sezilarli darajada oshirishni talab qiladi.

“Liverpul”, “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” hamda “Yuventus” vaziyatni kuzatib bormoqda.

Maunt joriy mavsumda Premer-ligada 21 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi.