"Barselona" yarim himoyachisi Rafinya Diasga Angliya Premer-ligasining uchta klubi qiziqish bildirmoqda.

Sport nashri xabariga ko'ra, futbolchini "Nyukasl", "Chelsi" va "Arsenal" faol kuzatib bormoqda. Futbolchi yozda klubini o'zgartirishga qarshi emas va "Barselona" braziliyalikni 70-80 million evroga sotishga tayyor. Oldinroq "Nyukasl" kataloniyaliklarning talablarini bajarishga tayyorligi haqida xabar berilgandi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yozda "Arsenal" va "Chelsi" Rafinyani sotib olmoqchi bo'lgan, ammo braziliyalik "Barselona"ga o'tishga qaror qilgandi.