APL klublari «Milan» futbolchisiga xaridor

“Milan” klubi yarim himoyachisi Frank Kessi faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Corriere dello Sport nashrining xabariga ko'ra, havbekni “Vest Xem” va “Vulverxempton” jamoalari o'z safida ko'rmoqchi. Futbolchining transfer narxi taxminan 20 million evroga baholanmoqda.