Angliyaning "Lids" klubi Avstriyaning "Zaltsburg" himoyachisi Maksimilian Vebyor ​​bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

24 yoshli futbolchi yanvar oyidagi transfer oynasida klubning birinchi xaridiga aylandi. U 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan to'rt yarim yillik shartnoma imzoladi. Futbolchi 39-o'yin raqamini tanladi va yakshanba kungi Angliya kubogining 3-bosqichida "Kardiff Siti" bilan o'yinda maydonga tushishi mumkin.

Vebyor Avstriya terma jamoasida 13 ta o'yin o'tkazgan. Umuman olganda, u "Zaltsburg" safida 125 ta o'yin o'tkazib, 9 ta gol urgan, shu jumladan o'tgan yilgi Avstriya kubogi finalida bitta gol urgan.

"Lids" ertaga, 4 yanvar kuni "Vest Xem"ga qarshi o'ynaydi.

#️⃣3️⃣9️⃣ ???????????? ????????̈???????????? pic.twitter.com/pjEPh4kqHP

— Leeds United (@LUFC) January 3, 2023