APL klubi o'z tarixidagi rekord summali transferni amalga oshirdi (foto)

"Brentford" "Frayburg" yarim himoyachisi Kevin Shade bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.
Nemis bilan shartnoma 2028 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfer summasi 25 million evroni tashkil qildi. Bu "Brentford" tarixidagi rekord xarid hisoblanadi.
