Xabarlarga ko'ra, "tulkilar" bir paytlar tarkibida o'ynagan futbolchini sotib olishga harakat qiladi. "Lester" Lingardga asosiy tarkibdan doimiy joy berishni kafolatlaydi.

28 yoshli futbolchi Evropa chempionatini o'tkazib yuborgan edi. U hozirda Jahon chempionati saralash bahslari uchun  Angliya termasiga jalb etilgan.

Avvalroq Jessi Lingardga "Vest Xem" ham qiziqayotgani ammo u Old Traffordda qolishni afzal ko'rgani haqida xabar qilingan edi. Futbolchi Londonda o'tgan mavsum porlagan va 9 ta gol muallifiga aylangan edi.

Manba: caughtoffside.com