Antonio Ryudigerning keyingi manzili aniq bo'ldi. Futbolchi yangi jamoasi bilan og'zaki kelishuvga erishgan

"Chelsi" futbolchisi Antonio Ryudigerning keyingi manzili aniq bo'ldi. Xabarlarga ko'ra, Germaniya terma jamoasi a'zosi Madridning "Real" klubi bilan og'zaki kelishuvga erishgan.
29 yoshli futbolchi tez orada Ispaniya grandi bilan uzoq muddatlik bitimga imzo chekadi. Bu haqida Fabritsio Romano Twitter'dagi sahifasida post qoldirdi.
Avvalroq Tuxel Antonio Ryudiger yozda "Chelsi"ni tark etishi haqida ma'lum qilgan edi.
Manba: caughtoffside.com