Antonio Konte "Tottenxem" rahbariyatiga shart qo'ydi

"Tottenxem Xotspur" ustozi Antonio Konte klub rahbariyatiga shart qo'ydi. Xabarlarga ko'ra, rahbariyat vakili Daniel Leviga Konte tomonidan 6 ta futbolchi xarid qilish sharti qo'yilgan.
Ular ichida markaziy himoyachi, o'ng qanot himoyachisi, hujumchi, zaxira darvozaboni hamda ikkita yangi yarim himoyachilar bo'lishi kerak.
Avvalroq Deyan Kulusevskining bitimi doimiysiga aylantirilishi haqida xabar qilingan edi.
Manba: caughtoffside.com