"Lion" "Sautgempton"ning 16 yoshli sobiq futbolchisi Alexandro Gomes Rodriges bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

Angliya U-16 terma jamoasida o'ynayotgan forvard o'zining ilk professional shartnomasini imzoladi. Frantsuz klubi bilan kelishuv 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

16 yoshli futbolchi asli portugaliyalik. U, shuningdek, Venesuela U-17, shuningdek, Portugaliya U-15 terma jamoasida o'ynagan.

Angliya yoshlar terma jamoasi safida 8 uchrashuvda forvard 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Rodriges ingliz klubida 2022 yilning iyulidan beri o'ynab kelayotgandi.