Milanning "Inter" klubi yarim himoyachi Marselo Brozovichni "An-Nasr"ga sotish bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Jurnalist Paskal Garroning so'zlariga ko'ra, “neradzurrilar” Saudiya jamoasining so'nggi 15 million evrolik taklifidan qoniqmagan.

Manbaning xabar berishicha, “Inter” xorvatiyalik futbolchi uchun 20-25 million evro talab qilmoqchi. Futbolchining o'zi ham ko'chib o'tishga tayyor, chunki Saudiya Arabistonida unga maoshini sezilarli darajada oshirilishi va'da qilinmoqda.

Brozovich A Seriyaning so'nggi mavsumida uchta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.