Madridning "Atletiko" klubi "Feyenoord" himoyachisi David Gantsko bilan shartnoma imzolashni yakunlash ustida ishlamoqda, deb yozdi jurnalist Eduardo Burgos. Madrid klubi yakuniy taklif bilan chiqdi, ammo u rad etilsa, madridliklar "B" rejasiga o'tadi.

26 yoshli slovakiyalikning amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan. Transmarkt portali futbolchining narxini 35 million evroga baholamoqda.

2023/24 yilgi mavsumda Gantsko barcha musobaqalarda 48 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Evro-2024da u 4ta o'yin o'tkazdi.