Alonso La Liga grandiga kerak

"Chelsi" klubi himoyachisi Markos Alonso faoliyatini Kataloniya klubda davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda "Don Balon" nashri.
"Barselona" klubi hozirda qanot himoyachi pozitsiyasiga futbolchi qidirmoqda. Qayd etilishicha, Alonso "ko'k-anorranglilar"ning qisqa ro'yxatidan joy olgan.
Avvalroq, Alonsoga "Inter" klubi qiziqish bildirayotgan edi.