Alkantara qishda katta ehtimol bilan "Barselona"ga qaytadi

Ispaniyalik jurnalist Adrian Sanches ijtimoiy tarmoqda yozganidek, "Liverpul" markaziy yarim himoyachisi Tyago Alkantara "Barselona"ga qaytishi mumkin.
32 yoshli futbolchining "qizillar" bilan mavsum oxirigacha shartnomasi bor, biroq u uzaytirilmaydi. Futbolchi joriy mavsumda sog'lig'i bilan bog'liq muammolar tufayli hali maydonga tushmadi, shu bois "mersisaydliklar" maosh to'lamaslik uchun uni qishki transfer oynasida tekinga qo'yib yuborishlari mumkin.