Aleksis Sanches yangi klubi bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishib oldi

Hujumchi Aleksis Sanches Frantsiyaning "Marsel" klubiga ko'chib o'tadi, deb xabar bermoqda Sky Sports.
Manbaning xabariga ko'ra, 33 yoshli chililik futbolchi Frantsiya klubi bilan shartnoma bo'yicha kelishib olgan.
Kecha, 1 avgust kuni "Inter" futbolchi bilan shartnomani bekor qilishga rozi bo'lgani xabar qilingandi.
Sanches o'tgan mavsumda 39 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.