"Atletiko" "Barselona"ning chap qanot himoyachisi Jordi Albani sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda, deb xabar beradi Mundo Deportivo nashri.

34 yoshli ispaniyalik futbolchining shartnomasi yozda tugaydi va u Kataloniya klubida qolmoqchi, ammo rahbariyatning pozitsiyasi tufayli uning kelajagi hali ham noaniq.

Ispaniyalik qanot himoyachisi uchun kurashayotgan yana bir jamoa Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi.

Jordi "Barselona"da 2012 yildan buyon o'ynab kelmoqda.