"Aston Villa" va Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi Mussa Diabi tez orada Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubi futbolchisiga aylanadi, deya xabar beradi insayder Fabritsio Romano.

Qayd etilishicha, "Al-Ittihod" va "Aston Villa" futbolchining bonuslar bilan birga 60 million evroga transferi bo'yicha kelishuvga erishdi.

Futbolchining o'zi 5 yillik shartnomaga rozi bo'lgan.