Jurnalist Janluka Di Martsio xabariga ko'ra, "Al Hilol" "Chelsi" himoyachisi Kalidu Kulibalaga taklif bilan chiqdi.

31 yoshli senegallik futbolchiga mavsumiga taxminan 30 million evro maosh bilan 3 yillik shartnoma imzolash taklif qilinmoqda.

Saudiya klubi "Chelsi"ning o'ziga qancha pul taklif qilmoqchi ekanligi ma'lum qilinmagan.

Eslatib o'tamiz, bir yil avval londonliklar “Napoli”dan 38 million evro evaziga himoyachi sotib olgandi.