"Manchester Siti" klubi xujumchisi Serxio Aguero yozgi transferlar oynasida "Barselona"ga o'tishi tobora oydinlashib bormoqda.

Bugun ko'plab manbalarda uning "ko'k-anorranglilar" bilan shartnoma imzolagani va u Evropa Chempionlar Ligasi finalidan so'ng Kataloniya klubiga kelib qo'shilishi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Eslatib o'tamiz, argentinalik futbolchining "shaharliklar" bilan shartnomasi 30 iyunda o'z yakuniga etadi.