«Barselona» futbolchisi Aguero Messi jamoani tark etganidan so'ng, klubdagi o'z kelajagi haqida gapirdi. Unga jamoada qolish yoki ketishi borasida berilgan savolga quyidagicha javob berdi:

«Xavotir olmanglar. Siz meni yil bo'yi shu erda tomosha qilasiz». U gapida davom etarkan: «Leo bilan bo'lgan voqealarda klub aniq qaror qilib bo'ldi. Nima bo'lgan taqdirda ham u bilan o'ynash menga faxr bag'ishlagan bo'lardi. Bunday baxtga faqat terma jamoada muyassar bo'lganman». 

33 yoshli argentinalik jamoaga yoz boshida «Manchester Siti»dan erkin agent sifatida tashrif buyurgan edi.

Manba: futaa.com