Agent: «Hozirda Neymarning «Barsa»ga qaytishidan ko'ra, Messining «PSJ»ga o'tish ehtimoli yuqori»

Futbol agenti Vagner Ribeyro «PSJ» hujumchisi Neymar va «Barselona» sardori Lionel Messining kelajagi borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Neymar klubda baxtli. O'ylashimcha, u «PSJ» safida kamida yana 2 yil o'ynaydi.
Shubhasiz, hozirda Neymarning «Barsa»ga qaytishidan ko'ra, Messining «PSJ»ga o'tishini tasavvur qilish oson. Men jiddiy gapiryapman. Qatarning iqtisodiy qudratiga shubhalanish kerak emas», – dedi Ribeyro.