Abraham bolaligidagi sevimli klubiga o'tmoqchi

Londonning «Chelsi» klubi hujumchi Temmi Abrahamni yozgi transferlar oynasida sotishga qaror qildi. Forvardga bir qator klublar, jumladan, «Inter» va «Tottenhem» qiziqish bildirishgan.
Abrahamning o'zi klub hamshahari «Arsenal»ga o'tishni hoxlamoqda. U bolaligidan "to'pchilar" muxlisi bo'lgan. Buni o'z intervyusida ham bildirib o'tdi.
Shuningdek, Tomas Tuxel ushbu transferni Holand xaridining bir qismi sifatida «Dortmund»ga ham taklif qilmoqchi.
Manba: mirror.co.uk