"Bolonya" yarim himoyachisi Lyuis Fergyuson A Seriya top-klublaridan biriga o'tishi mumkin.

Ekrem Konur tarqatgan xabarga ko'ra, shotlandiyalik futbolchiga "Yuventus", "Milan" va "Napoli" qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda Fergyuson "Bolonya" tarkibida 29 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.