Italiya A Seriyasining mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi nomi e'lon qilindi. "Napoli" klubi hujumchisi Lorentso Insine ushbu loyiq deb topildi.

Italiyalik yarim himoyachi mart oyida 4 o'yin o'tkazib, o'z hisobiga 3 ta gol va 1 assistni yozdirib qo'ydi.

Eslatib o'tamiz, 29 yoshli futbolchi ushbu mavsum Italiya chempionatining 24 o'yinida maydonga tushib, 13 ta gol va 4 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.