A Seriya klubi "Spartak" hujumchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi

"Spartak" klubi hujumchisi Shamar Nikolson faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirish imkoniyatiga ega.
Insayder Janluka di Martsioning so'zlariga ko'ra, "Salernitana" yamaykalik hujumchini o'z safiga qo'shib olmoqchi. A Seriya klubi Nikolsonni transfer bozoridagi asosiy nomzodlardan biri deb hisoblamoqda. Klubning short-listida ukrainalik Artyom Dovbik va Kshishtof Pyontek ham bor. Ro'yxatdagi futbolchilardan biri joriy transfer oynasida "Salernitana" safiga qo'shiladi.
Rossiya Premer-ligasining joriy mavsumida Nikolson beshta uchrashuv o'tkazdi va ularda gol urmadi.