2020 yil yozgi transferlar oynasi vaqtida eng ko'p pul sarflagan va eng ko'p daromad olgan ligalar ma'lum bo'ldi

Transfermarkt portali kuchli beshlik ligalari orasida 2020 yilgi yozgi transferlar oynasining yakuniy hisob-kitoblarini e'lon qildi.
Unga ko'ra portal transferlarga eng ko'p mablag' sarflagan va eng ko'p pul ishlagan ligalar, shuningdek, ular orasidagi balansni hisoblab chiqdi.
Transferlarga eng ko'p mablag' sarflagan ligalar:
1. Angliya Premer Ligasi — 1,39 milliard evro;
2. A Seriya — 762,74 million evro;
3. Liga 1 — 433,53 mln evro;
4. La Liga — 410,5 mln evro;
5. Bundesliga — 324,2 mln evro.
Eng ko'p daromad qilgan ligalar:
1. A Seriya — 707,24 mln evro;
2. La Liga — 494,45 mln evro;
3. Premer Liga — 480,97 mln evro;
4. Liga 1 — 376,75 mln evro;
5. Bundesliga — 324,9 mln evro.
Xarajat va daromad o'rtasida balans bo'yicha reyting:
1. La Liga— balans +83,95 mln evro;
2. Bundesliga — balans -700 ming evro;
3. Seriya A — balans -55,5 mln evro;
4. Liga 1 — balans -56,78 mln evro;
5. Premer Liga — balans -907,55 mln evro.