"Barselona" tez orada Alonsonning transferini rasman e'lon qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 133

"Barselona" tez orada "Chelsi" himoyachisi Markos Alonsoni o'z safiga qo'shib olganini rasman e'lon qilmoqchi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, transfer summasi 10 million evrodan sal kamroq bo'ladi. Alonsoning o'zi faqat "Barselona"ga o'tishni istaydi, buni u "ko'klar" rahbariyatiga bir necha bor bildirgan.
Eslatib o'tamiz, Alonso "Everton"ga qarshi Angliya Premer-ligasining 1-tur uchrashuvini o'tkazib yuborgan edi. "Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel o'yindan so'ng ispaniyalik futbolchining tez orada jamoani tark etishi mumkinligini tasdiqladi.

Bosh sahifaga
176