"MYu" "Yuventus" yarim himoyachisiga ko'z tikmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 114

"Manchester Yunayted" "Yuventus" yarim himoyachisi Adrien Raboga qiziqish bildirmoqda. Jurnalist David Ornshteynning so'zlariga ko'ra, "qizil iblislar" transfer imkoniyatini jiddiy ko'rib chiqmoqda.
Biroq kelishuv yakuniga etmagan, chunki “Manchester Yunayted” hozirgacha “Barselona”ni tark etishdan bosh tortgan Frenki de Yongdan umidini uzgani yo'q. "Mankunianliklar" rahbariyati niderlandiyalik futbolchini ta'qib qilishni davom ettirish yoki e'tiborni Raboga qaratishni hal qilishi kerak.
Frantsiyalik futbolchining Turinning “Yuventus” klubi bilan shartnomasi tugashiga bir yil qoldi. “Keksa sinora” futbolchini munosib miqdordagi tovon puli evaziga qo'yib yuborishga tayyor bo'ladi.

Bosh sahifaga
176